Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, Oybek Kasimov bosh kotib, Sherzod Toshmatov esa rais o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi rahbari, Osiyo olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovni faxriy yorliq bilan taqdirladi.
Sportchi Murod Xonto‘rayev prezidentning kuyovi Otabek Umarov haqidagi turli xabarlarga ishonmaslikni va hozirda uning salomatligi yaxshi ekanligini aytdi. «Kayfiyatlari zo‘r. Lecheniye olib, Ramazonni o‘tkazib keladilar», — dedi u.
Ommaviy axborot vositalarida prezidentning kuyovi Otabek Umarov deyarli uch hafta oldin mototsiklda YTHga uchragani haqidagi ma’lumotni tasdiqlovchi xabar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, u Janubiy Koreyada davolanmoqda.
O‘zbekiston 2025-yil IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi munosabati bilan Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining vitse-prezidenti etib saylandi. “Toshkentda o‘tadigan 2025-yilgi yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish Yangi O‘zbekiston uchun jahon hamjamiyati oldidagi jiddiy sinovlardan biri”, — deya ta’kidladi Otabek Umarov.
2025 yil Toshkent ilk bor yirik kompleks musobaqa — IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Otabek Umarov nomzodini Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga ilgari suradi. “OOK vitse-prezidentligiga ko‘rsatilayotgan nomzod ayni paytda eng munosib vakil deb aytishim mumkin”, — dedi MOQ prezidenti.
Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligidan iste’foga chiqdi. Uning aytishicha, ushbu qaror COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq o‘zgarishlar negizida qabul qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting